Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi; 2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi; 3) qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati notoʻgʻri talqin qilinganligi. Protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa; 2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa; 3) hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi; 2) ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi