Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.