Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 266-6-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi

Sud ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida quyi instansiyalarning sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi. Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablarni qabul qilmaydi va koʻrib chiqmaydi. Taftish instansiyasining sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi.