Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 27-3-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra maʼmuriy suddan boshqa sudga oʻtkazish

Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda maʼmuriy sudga taqdim etilgan boʻlsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi. Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, maʼmuriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va maʼmuriy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Arizani (shikoyatni), ish materiallarini maʼmuriy suddan sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.

2-§. Sudlovga tegishlilik