Sudga taalluqli ishlar tumanlararo maʼmuriy sudlar tomonidan koʻriladi, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno. Investitsiya nizolari boʻyicha yirik investorning, raqobat toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha tomonlarning xohishiga koʻra ushbu toifadagi ishlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrib chiqiladi.