Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 280-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati

Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida yoki darhol ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilinganidan keyingi kundan eʼtiboran ijroga taqdim etilishi mumkin. Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.