Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudloviga tegishli ishlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bogʻliq ishlarni koʻradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli.