Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 40-modda. Taraflar

Arizachi va javobgar maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.