Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 68-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish

Taraflar oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan boʻlsa, oʻz ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Maʼmuriy organ ham maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart. Agar taqdim etilgan dalillar ishni toʻgʻri hal qilish uchun yetarli boʻlmasa, sud oʻz tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra qoʻshimcha dalillarni talab qilib oladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yoʻq qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qoʻygan yoki qiyinlashtirgan holda boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qatʼi nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega boʻlmasa, oʻsha dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy koʻrsatilishi kerak. Dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi koʻrsatiladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi. Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi. Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni koʻrsatgan holda xabardor qilishi shart. Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan