Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchiga koʻra baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi. Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi toʻgʻrisidagi arizasiga bogʻlanib qolmaydi. Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat koʻchirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yoʻqotilgan hamda sudga topshirilmagan boʻlsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan koʻchirma nusxalari oʻzaro bir xil boʻlmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab boʻlmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.