Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 75-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish

Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning toʻgʻri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga toʻgʻriligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar.