Ishni koʻrib chiqish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkin. Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan masalalarning doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim boʻlgan savollarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan savollar rad qilinganligini asoslab berishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: oʻzlari koʻrsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish toʻgʻrisida yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida oʻtkazish haqida iltimos qilishga, ekspertni rad etish toʻgʻrisida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qoʻyilgan masalalarga qoʻshimcha masalalar kiritish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni boʻlmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qoʻshimcha yoki takroriy ekspertiza oʻtkazish haqida iltimosnoma kiritishga haqli. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani oʻtkazish va