Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 86-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)

Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga ogʻzaki yoki yozma shaklda beradi. Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati (tushuntirishi) sud majlisida oʻqib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ogʻzaki maslahat (tushuntirish) bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va toʻldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin.