Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 87-modda. Guvohning koʻrsatuvlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud guvohni sud majlisida koʻrsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin. Guvohni chaqirish haqida iltimosnoma kirituvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni guvoh tasdiqlashi mumkinligini koʻrsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini sudga maʼlum qilishi shart. Guvoh ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar va holatlarni sudga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh sudning taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin. Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi.