Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 88-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin. Boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas. Sud tan olingan faktni, agar unda faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga, aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga shubha tugʻilmasa, aniqlangan deb hisoblashi mumkin.