Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 96-modda. Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirish

Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra amalga oshirilishi mumkin. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.