Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 14-modda. Maʼmuriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi prinsipi

Maʼmuriy organga maʼmuriy tartib-taomilni amalga oshirish uchun boshqa maʼmuriy organlardan hamda oʻzga organlardan hujjatlar va maʼlumotlar olish talab etilgan hollarda, maʼmuriy ish yuritish “bir darcha” prinsipi boʻyicha amalga oshirilib, bunda maʼmuriy organ zarur hujjatlar va maʼlumotlarni mustaqil ravishda, manfaatdor shaxslarning ishtirokisiz, idoralararo oʻzaro hamkorlik vositasida oladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.