Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 18-modda. Tekshirish prinsipi

Maʼmuriy organ maʼmuriy ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirishi shart. Zarurat boʻlganda, maʼmuriy organ manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan dalillar bilan cheklanmasdan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz tashabbusi bilan qoʻshimcha dalillar yigʻishga haqli.