Manfaatdor shaxslardan biri maʼmuriy ish yuritishdan maʼmuriy hujjat qabul qilinguniga qadar chiqib ketgan taqdirda, mazkur shaxsni uning huquqiy vorisi bilan almashtirishga, agar bunday huquqiy vorislik qonunchilikka muvofiq mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Maʼmuriy organ oʻzgartirilgan, tugatilgan yoki uning nomi oʻzgartirilgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyiladi. Huquqiy voris maʼmuriy ishga kirishguniga qadar maʼmuriy ish yuritish davomida amalga oshirilgan barcha harakatlar oʻrnini boʻshatib bergan manfaatdor shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.