Mutaxassis dalillarni aniqlash va mustahkamlashda maʼmuriy organga koʻmaklashish yoki fikr shaklida tushuntirishlar berish uchun maʼmuriy ish yuritishga jalb qilinadi. Mutaxassis, agar u zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlmasa, maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortishga haqli. Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni, shu jumladan kar-soqovlarning imo-ishoralarini biladigan shaxs tarjimondir.