Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 35-modda. Dalillarni baholash

Maʼmuriy organ faqat maʼmuriy ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni koʻrib chiqishga qabul qiladi. Maʼmuriy organ har bir dalilni ishonchlilik, daxldorlik va maqbullik nuqtai nazaridan hamda dalillarning hammasini yetarli darajada toʻplanganligi boʻyicha baholaydi. Qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan holatlarni boshqa hech qanday vositalar bilan tasdiqlash mumkin emas.