Maʼmuriy ishni koʻrib chiqish maʼmuriy organning mansabdor shaxsi tomonidan, maʼmuriy ish kollegial organda koʻrilayotganda esa, raislik qiluvchi tomonidan ochiladi. Shundan soʻng maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilarining ogʻzaki tushuntirishlari eshitiladi. Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari bir-biriga savollar berishi mumkin. Shundan keyin maʼmuriy organ maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitishga va boshqa dalillarni tekshirishga oʻtadi. Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilarining, shuningdek maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari majlisda oʻqib eshittirilishi kerak. Maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning iltimosnomalari maʼmuriy ish yuritishning boshqa ishtirokchilari eshitilganidan soʻng koʻrib chiqiladi.