Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 54-modda. Maʼmuriy hujjatning asosliligi

Maʼmuriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan maʼmuriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak. Maʼmuriy hujjatni asoslantirish chogʻida maʼmuriy organ tekshirilmagan yoki maʼmuriy ish yuritish jarayonida maʼmuriy ishga qoʻshib qoʻyilmagan yoxud maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar maʼmuriy hujjatni qabul qilishda maʼmuriy organga maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan boʻlsa, maʼmuriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu maʼmuriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab boʻlgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda maʼmuriy organ oʻzi qabul qilgan maʼmuriy hujjatning maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak.