Maʼmuriy hujjat adresat tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Adresatni maʼmuriy hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilish ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy hujjatning manfaatdor shaxslarga rasmiy eʼlon qilinishi ham tegishli tarzda xabardor qilish deb topiladi. Qonunchilikka muvofiq adresatga faqat tegishli hujjat berilishi kerak boʻlgan hollarda hujjatning adresatga berilishi maʼmuriy hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilishga tenglashtiriladi. Agar maʼmuriy hujjat qonunchilik talabiga muvofiq rasmiy eʼlon qilinishi lozim boʻlsa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.