Maʼmuriy organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga koʻra maʼmuriy hujjatning mazmunini oʻzgartirmagan holda uni tushuntirib berishi, shuningdek yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni va yanglishishlarni maʼmuriy hujjatning mohiyatiga daxl qilmagan holda, oʻz tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga koʻra tuzatishi shart. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar undirilmaydi.