Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 58-modda. Maʼmuriy hujjatning amal qilishini tugatish

Maʼmuriy hujjatning amal qilishi: agar maʼmuriy hujjat muddatli xususiyatga ega boʻlsa, maʼmuriy hujjatning amal qilish muddati oʻtishi; maʼmuriy hujjatning amal qilishini tugatish bilan bogʻliq shartning yuzaga kelishi; maʼmuriy hujjatning bekor qilinishi; tartibga solish predmetining barham topishi munosabati bilan tugatiladi. Maʼmuriy hujjatning amal qilishini tugatish uning asosida berilgan hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib keladi.