Maʼmuriy organ tomonidan maʼmuriy hujjatni ixtiyoriy ijro etish uchun belgilangan muddat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, adresat qabul qilingan maʼmuriy hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan eʼtiboran besh kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.