Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 82-modda. Maʼmuriy organ tomonidan maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaslik

Agar maʼmuriy organ oʻzi qabul qilgan maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini maʼmuriy hujjatda belgilangan ijro muddati ichida yoki, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, maʼmuriy hujjat qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli tarzda bajarmasa, manfaatdor shaxs bunday bajarmaganlik ustidan maʼmuriy hujjat ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.