Mediatsiya toʻgʻrisida 20-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda: taraflar haqidagi; nizo predmeti toʻgʻrisidagi; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi; mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana toʻgʻrisidagi; mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan muddat haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.