Mediatsiya toʻgʻrisida 25-modda. Mediatsiyani qoʻllash chogʻidagi cheklovlar

Mediatsiyani qoʻllash chogʻida mediator: ayni bir nizo boʻyicha biror-bir tarafning vakili boʻlishga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va uning ishtirok etishiga har ikkala tarafning oʻzaro roziligi boʻlgan hollar mustasno; biror-bir tarafga yuridik, maslahat yordami yoki boshqa yordam koʻrsatishga; agar u mediatsiyani amalga oshirish natijasidan shaxsan (bevosita yoki bilvosita) manfaatdor boʻlsa, shu jumladan taraflardan biri boʻlgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlsa, mediator faoliyatini amalga oshirishga, bundan uning ishtirok etishiga har ikkala tarafning oʻzaro roziligi boʻlgan hollar mustasno; taraflarning roziligisiz nizoning mohiyati boʻyicha oshkora bayonotlar berishga haqli emas.