Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etiladi. Mediativ kelishuv ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, taraflar mediativ kelishuvni majburiy ijroga qaratishni soʻrab sudga murojaat etishga haqli.