Mediatsiya toʻgʻrisida 4-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli; mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs; mediativ kelishuv — mediatsiyani qoʻllash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv — taraflarning tuzilgan paytdan eʼtiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi; mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan soʻng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi toʻgʻrisida tuzilgan kelishuvi.