Mediatsiya taraflarning mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda ifodalangan oʻzaro ixtiyoriy xohish-istagi boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi. Mediatsiya taraflari mediatsiyani qoʻllashdan uning istalgan bosqichida voz kechishga haqli. Taraflar oʻzaro maqbul kelishuvni muhokama qilish uchun masalalarni tanlashda erkindir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish vaqtida yarashishga majburlash taqiqlanadi.