Mediatsiya toʻgʻrisida 9-1-modda. Mediatsiya sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mediatsiya sohasidagi vakolatli davlat organidir. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: oʻz vakolatlari doirasida mediatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; Mediatorlarning kasb etikasi qoidalarini tasdiqlaydi; Mediatorning kasbiy malakasini oshirish tartibini hamda mediatorlarni tayyorlash dasturlarini tasdiqlaydi; mediatorlar tomonidan statistika maʼlumotlarini taqdim etish tartibini belgilaydi va statistika maʼlumotlarini tahlil qiladi; Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi. Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.