Mehnat kodeksi 510-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartlarining oʻzgartirilishi

Ushbu Kodeks 137-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yakka tartibdagi tadbirkor xodimning taraflar tomonidan belgilangan mehnat shartlari oʻzgartirilishi toʻgʻrisida xodimni kamida oʻn toʻrt kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.