Mehnat kodeksi 527-modda. Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish

Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomalari shartlari buzilishining oldini olishni va (yoki) ularga barham berishni; xodimning buzilgan huquqlarini tiklashni; xodimning mehnat huquqlari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplashni va (yoki) maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilishni; xodimning mehnat huquqlarini buzganlikda aybdor ish beruvchilarning va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligini.