Mehnat kodeksi 546-modda. Xodimning pulga oid talablarini qanoatlantirish

Ish beruvchi xodimning pulga oid talablarini muddati cheklanmagan holda butun davr uchun qanoatlantirishga haqli. Xodimning pulga oid talablari yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiquvchi mehnat nizolari boʻyicha komissiya yoki sud tomonidan asosli deb topilgan taqdirda toʻliq miqdorda qanoatlantiriladi.

3-§. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini mehnat nizolari boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish tartibi