Mehnat kodeksi 586-modda. Ish tashlashning borishi

Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak. Xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlash paytida jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini, shuningdek toʻxtatilishi inson hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan uskunalarning ishlashini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart. Ushbu Kodeks 589-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) taʼminlanishi shart.