Ish beruvchi tomonidan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat jamoasi bilan erishilgan kelishuvlarda belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tugatilgan ish tashlash qayta tiklanishi mumkin. Ish tashlashni qayta tiklash uchun jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari asosida qayta koʻrib chiqish talab qilinmaydi. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish beruvchini va jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organini ish tashlash qayta tiklanishi toʻgʻrisida kamida yetmish ikki soat oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerak.