Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarning talablariga muvofiq boʻlishi shart. Fuqarolarni ularning salomatligiga zid boʻlgan ishga qabul qilish man qilinadi. Maʼmuriyat xodimni kasb kasalligining paydo boʻlish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon boʻlgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqda ogohlantirishi shart.