Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 25-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi

Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar boʻyicha mablagʻlar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va ogʻirligiga bogʻliq holda vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.