Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 26-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi

Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan korxonalar isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha standartlar, qoidalar va meʼyorlarning Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targʻib qilish gʻayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi kerak.