Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa meʼyoriy hujjatlardan iborat boʻladi. Ushbu Qonun mulk va xoʻjalik yuritish shakli turlicha boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar * bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning aʼzolari, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy taʼlim maktablarining oʻquvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni oʻtayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi. * Matnda bundan keyin “korxonalar” deb yuritiladi.