Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 6-modda. Jamoat birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muammolariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishi

Korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek korxonalar bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad koʻrsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.