Mutlaq mualliflik huquqlari egasi oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik huquqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin boʻlib, bu belgi asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi: aylana ichidagi lotincha “C” harfi; mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi); asar birinchi marta chop etilgan yil. Mualliflik huquqining muhofaza belgisida koʻrsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, mutlaq mualliflik huquqlari egasi hisoblanadi.