Jamlama asar muallifiga (tuzuvchisiga) ijodiy mehnat natijasini ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni tanlab olish yoki joylashtirishga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir. Tuzuvchi jamlama asarga kiritilgan asarlardan har birining mualliflari huquqlariga rioya etgan taqdirda, mualliflik huquqidan foydalanadi. Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, jamlama asarga kiritilgan asarlarning mualliflari oʻz asarlaridan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlarini jamlama asardan qatʼi nazar saqlab qoladilar. Tuzuvchining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning oʻz jamlama asarlarini yaratish uchun ayni oʻsha materiallarni mustaqil ravishda tanlab olishlariga yoki joylashtirishlariga toʻsqinlik qilmaydi.