Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 15-modda. Audiovizual asarga boʻlgan mualliflik huquqi

Audiovizual asar mualliflari (hammualliflari) quyidagilardan iboratdir: sahnalashtiruvchi rejissor; ssenariy muallifi; muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asari muallifi; sahnalashtiruvchi operator; sahnalashtiruvchi rassom. Nomi yoki ismi-sharifi tayyorlovchi sifatida asarning asl nusxasida yoxud nusxasida koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, shu audiovizual asarni tayyorlovchi deb eʼtirof etiladi. Audiovizual asar omma oldida ijro etilgan taqdirda, musiqa asari (matnli yoki matnsiz) muallifi oʻz musiqa asarining omma oldida ijro etilganligi uchun haq olish huquqini saqlab qoladi.