Audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar, fonogrammaga yozilgan asarlar mualliflari asarning asl nusxasini yoki nusxasini prokatga berishga ruxsat etishda mutlaq huquqqa ega. Ushbu qismning qoidalari audiovizual asarlarga nisbatan, agar faqat shunday prokat ana shu asarlarni takrorlashga boʻlgan mutlaq huquqqa jiddiy zarar yetkazadigan keng koʻlamli takrorlashga olib kelmasa, shuningdek EHM uchun dasturlarga nisbatan, agar EHM uchun dasturning oʻzi prokatning asosiy obyekti boʻlmasa, qoʻllanilmaydi. Fonogramma yoki audiovizual asar nusxalarini prokatga berishda muallif, fonogramma yoki audiovizual asarni prokatga berish huquqi fonogrammani tayyorlovchiga yoki audiovizual asarni tayyorlovchiga oʻtkazilganligiga qaramay, fonogramma yoki audiovizual asar nusxalarining prokati uchun haq olish huquqini saqlab qoladi. Mazkur haqning eng kam miqdori, uni toʻlash shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.