Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 22-modda. Asarlarni saqlash uchun topshirish

Agar asar saqlash uchun har kimning foydalanishi mumkin boʻlgan saqlov joyiga (depozitariyga) topshirilgan boʻlsa va depozitariy bilan tuzilgan shartnomaga koʻra mazkur depozitariyga murojaat etadigan har qanday shaxsning asar nusxasini olishi mumkin boʻlsa, asardan bu tarzda foydalanish asarlarning qoʻlyozmalarini, har qanday moddiy jismdagi boshqa asarlarni saqlash uchun topshirish deb eʼtirof etiladi. Asarni saqlash uchun topshirish mutlaq mualliflik huquqi egasining depozitariy bilan tuzilgan, asardan foydalanish shartlarini belgilovchi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning foydalanuvchi bilan tuzgan shartnomasi ommaviy shartnomadir.