Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda takrorlashga yoʻl qoʻyiladi, ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu modda birinchi qismining qoidalari: binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga; maʼlumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga; qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga; kitoblarni (toʻlaligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.